XALQ DEPUTATLARI TERMIZ TUMANI KENGASHINING ELLIK IKKINCHI SESSIYASI KUN TARTIBI

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ TUMANI KENGASHINING ELLIK IKKINCHI SESSIYASI KUN TARTIBI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli hamda 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli qarorlariga asosan, biriktirilgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tuman sektor rahbarlarining 2022-yilning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida.

Ma’ruzachi: Tuman sektor rahbarlari.

2. Tuman prokuraturasi tomonidan hududda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Termiz tuman prokurori – B.S.Oltiboyev

3. Termiz tumani IIB tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2022-yilda olib borilgan ishlar to‘g‘risida

Ma’ruzachi: Termiz tuman IIB boshlig‘i -  O‘.Mustafoqulov

4. Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tumani sudi raisining 2022-yil IV choragi davomida tuman jinoyat sudi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida

Ma’ruzachi: Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tumani sudi raisi – O.Begimqulov

5. Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi raisining 2022-yil IV choragi davomidagi faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi raisi – D.Bozorov

6. Termiz tumani adliya bo‘limi boshlig‘i B.Ashurovning O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning qo‘llanilishi, ularning huquqiy targ‘ibotini amalga oshirilishi, qonun buzilishi holatlarini oldini olish yuzasidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Termiz tumani adliya bo‘limi boshlig‘i - B.Ashurov

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining tumandagi sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan hamda hokim yordamchilari tomonidan 2022-yilning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri – A.Normatov

8. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining Termiz tumanida ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2022-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.

 Ma’ruzachi: Tuman hokimi birinchi o‘rinbosari – M.Tag‘oyev

9. Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman hokimi birinchi o‘rinbosari – M.Tag‘oyev

10. Termiz tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda ijro intizomiga amal qilinishining ahvoli haqida.

Ma’ruzachi: Tuman hokimi birinchi o‘rinbosari – M.Tag‘oyev

11. Jamoat xavfsizligini ta’minlash natijalari, xususan, tumanda sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoiy holatlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarining 2022-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari - J.Xojaqulov

12. Majburiy ijro byurosi Termiz tuman bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman Majburiy ijro byurosi bo‘limi boshlig‘i – R.Xudoyqulov

13. Termiz tumanida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman hokimi o‘rinbosari – B.Djo‘rayev

14. Tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti haqida.

Ma’ruzachi: Tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i - A.Rasulov

15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31- sonli qarorining ijrosi yuzasidan Termiz tumanidagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari hamda Xalq qabulxonasining 2022-yil yakunida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman hokimligi Mahallabay ishlash markazi rahbari - A.Daminov

16. Termiz tuman mahalliy budjetining 2023 yil boshida shakllangan erkin qoldig‘i hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida

Ma’ruzachi: Tuman moliya bo‘limi boshlig‘i – A.Abdusalomov

17. Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2022-yil davomidagi faoliyati to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri- A.Avliyakulov

18. Eng ko‘p vakansiya mavjud bo‘lgan tuman tashkilot rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida  

Ma’ruzachi: Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i – Sh.Davlyatov, Tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri – O‘.Haqberdiyev   

19. Termiz tumanida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘larining shakllanishi va maqsadli ishlatilish holati to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i – M.Rasulov. Tuman Yoshlar ishlari agentligi boshlig‘i – Z.Bakijonov

20.Termiz tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudirining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son Farmoniga asosan Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining o‘tgan vaqt davomidagi faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida

Ma’ruzachi: Termiz tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri - B.Arziyev

21. Xalq deputatlari tuman Kengashining 12-Guliston saylov okrugidan saylangan deputatning deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi – M.Egamberdiyeva

22. Boshqa masalalar. (Termiz tumani hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilgan ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida)


Xalq deputatlari tuman Kengashining ellik ikkinchi sessiyasi ish reglamenti

1. Ma’ruzalar uchun                                    10-15 daqiqagacha

2. So‘zga chiquvchilar uchun              3 daqiqagacha

3. Ma’lumotlar uchun                         3 daqiqagacha

 


Report Page