Toshkentda yana bir nufuzli sport musobaqasi oʻtkaziladi

Toshkentda yana bir nufuzli sport musobaqasi oʻtkaziladi


Shu yilning 4-18-dekabr kunlari poytaxtimiz Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkaziladi. Musobaqa “Yunusobod” sport majmuasida boʻlib oʻtadi.

Butun dunyoda hamon pandemik vaziyat hukm surayotgan boʻlishiga qaramay, Toshkentda oʻtadigan ushbu jahon chempionatiga sayyoramizdagi 90dan ortiq davlatdan jami 480 nafar atletlar (shundan 190 nafari ayollar) 20ta vazn toifasida 60ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishadi. Umumiy hisobda, jahon chempionatiga rasmiy delegatsiya vakillari, hakamlar, sport jamoalarining shifokorlari va boshqa mutaxassislarni qoʻshib hisoblaganda qariyb ming nafarga yaqin xorijlik mehmonlar kelishi kutilmoqda.


Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 7-dekabr kuni soat 16:00da “Yunusobod” sport majmuasida tashkil etiladi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimovning ishtirok etishi kutilmoqda.


Quyida musobaqa dasturi hamda jahon chempionatida vakillarimizning supachaga chiqish vaqtlari bilan tanishing:


7-dekabr, seshanba.

19:00. -49 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi


8-dekabr, chorshanba

8:00. -45 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi

13:00. -55 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi (Ogʻabek Nafasov)

16:00. -55 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Muattar Nabiyeva)

19:00. -61 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi


9-dekabr, payshanba

16:00. -59 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Nigora Abdullayeva)

19:00. -67 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi (Adham Ergashev)


10-dekabr, juma

16:00. -64 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Madinabonu Joʻrayeva)

19:00. -73 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi


11-dekabr, shanba

16:00. -71 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Mashhura Rustamova)

19:00. -81 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi (Muhammadqodir Toshtemirov, Xojakbar Olimov)


12-dekabr, yakshanba

16:00. -76 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Kumushxon Fayzullayeva)

19:00. -89 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi (Hakimjon Shamsiddinov, Sarvar Zafarjonov)


13-dekabr, dushanba

16:00. -81 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Nigora Suvonova)

19:00. -96 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi


14-dekabr, seshanba

13:00. -102 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi

16:00. -109 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi (Ruslan Nurudinov, Akbar Joʻrayev)

19:00. -87 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Tursunoy Jabborova)


15-dekabr, chorshanba

13:00. +87 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Dolera Davronova)

15:30. +109 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi


Report Page