Halima Ibragimovaning ijtimoiy tarmoqlarda yoʻllagan murojaati yuzasidan IZOH

Halima Ibragimovaning ijtimoiy tarmoqlarda yoʻllagan murojaati yuzasidan IZOH

IIBB Axborot xizmati

Bugun, 25-iyun kuni fuqaro H.Ibragimova (sanʼatkor) ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilib, Toshkent tumani IIO xodimlari uning singlisi Hanifani yashash xonadoniga kelib, biror bir “asossiz” uni olib ketganligi toʻgʻrisida maʼlum qilgan.

Internet

Mazkur murojaatda keltirilgan vajlar Toshkent viloyati IIBB tomonidan oʻrganildi va quyidagilar aniqlandi.

Ish hujjatlariga koʻra, Jinoyat ishlar boʻyicha Nurafshon shahar sudi fuqaro 1982-yilda tugʻilgan H.I. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotganligi, jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasi va hozirgi kunda dastlabki tergovdan boʻyin tovlab yurganligi hamda unga nisbatan qidiruv eʼlon qilinganlik holatlarni inobatga olib, fuqaro H.I.ga nisbatdan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash boʻyicha ajrim qilgan va uning ijrosini taʼminlash Ichki ishlar organlariga yuklatilgan.

Mazkur ajrimga asosan, Toshkent tumani IIB xodimlari tomonidan fuqaro H.I.ning (qidiruvda boʻlgan) yashiringan manzili aniqlanib, ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qoʻllanilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu oʻrinda murojaat muallifini va ayrim OAV vakillarini mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganligini inobatga olib, jarayonga maqola, materiallar yoki boshqalar orqali taʼsir oʻtkazmaslikka hamda axborotga bir tomonlama yondashmaslikda chaqiramiz.

Tergov organlarining yakuni xulosasi asosida jamoatchilikka batafsil maʼlumot beriladi.

IIBB Axborot xizmati




Report Page