Yangi Samsung AI televizori: Kelajak uyingizda

17/05/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Tasavvur qiling: texnologiyalar kundalik hayotimizdagi lahzalarni yanada qiziqarliroq, oʻzaro bogʻlangan va jonliroq qilsa, nima boʻladi? Samsung’ning soʻnggi AI televizori koʻrish tajribasini yaxshilashga va ilgʻor texnologiyalarni odamlar hayotiga shu qadar muammosiz integratsiya qilishga intiladiki, ular buni deyarli payqay olishmaydi.

 

▲ 8K NQ8 AI Gen3 protsessori texnik muammolarsiz tomosha tajribasi uchun AI tovushi, AI tasviri va AI optimallashtirish funksiyalarini birlashtiradi.

 

Samsung’ning 2024 Neo QLED 8K QN900D AI televizori kompaniyaning hozirgi kundagi eng kuchli protsessori boʻlgan 8K NQ8 AI Gen3 protsessori, shuningdek, avvalgi modeldan ikki baravar tez ishlaydigan neyron protsessor (NPU) bilan jihozlangan. Sakkiz baravar koʻp neyron tarmoqlarga ega (64 tadan 512 taga) yangi AI televizori jonli ravishda kontentni tahlil qiladi va optimallashtiradi, yuqori tasvir va ovoz sifatini taqdim etadi va televizor tajribasini shaxsiy immversiv kinoteatrga aylantiradi.

 

AI tasvir texnologiyasi bilan chuqur immversiv tomosha

 

Samsung AI televizori bilan tennis oʻyinini tomosha qilish xuddi match maydonidagi oʻrindiqdan joy olgandek tuyuladi. Har bir uzatish va har bir qaytarish televizorni tomosha qilayotgan xonangizda jonlanadi.

 

▲ 8K AI Upscaling Pro tomoshabinlarni voqelikka yaqinlashtiradi.

 

Bu immersiv tajriba 8K AI Upscaling Pro va AI Motion Enhancer Pro tufayli amalga oshiriladi, ular birgalikda xira kontentni tiniqlashtirish va toʻp xiralashishini minimallashtirish orqali ajoyib ravshanlikni taʼminlaydi.

 

▲ AI Motion Enhancer Pro oʻyin davomida futbol toʻpining aniq harakatlarini koʻrsatish uchun chuqur oʻrganishdan (deep learning) foydalanadi.

 

Revolyutsion audio

 

Realistik ovoz ham birdek muhimdir va siz AI bilan tomosha qilayotgan ekansiz, koʻrsatuv dialoglari hatto shovqinli muhitda ham tiniq eshitilishi kafolatlangan. Active Voice Amplifier Pro ovozlar va fon shovqinini ajratib, atrofingizdagi shovqin-suronni yorib oʻtadi, shunda tomoshabinlar muhim dialoglarni oʻtkazib yubormaydilar.

 

▲ Active Voice Amplifier Pro dialogning aniqligi va tomoshabin qulogʻigacha borishni taʼminlaydi.

 

Object Tracking Sound (OTS) Pro bilan film tomosha qilayotganda, tomoshabinlar endi tomoshabin emas, balki ular qahramonning oʻrnida boʻlib, qahramon eshitayotgan tovushlarni har tomondan eshitishga muvaffaq boʻladi.

 

▲ OTS Pro tomoshabinlarni kino sahnasiga qoʻyadi, shunda ular qahramonlar eshitayotgan tovushlarni eshitishadi.

 

Televizor parametrlarini qiyinchiliksiz sozlash

 

AI optimallashtirish bor ekan, tomoshabinlar faqat oʻtirib dam olishi lozim. Zero bu funksiya eng yaxshi tomosha tajribasi uchun oʻrningizga televizor parametrlarini avtomatik ravishda sozlab beradi. Oʻyin nomlari va janrlarini tanib oladigan va yangicha taassurot yaratish uchun sozlamalarni avtomatik ravishda optimallashtiradigan AI Auto Game Mode yordamida geymerlar endi tasvir yoki ovozni sozlash haqida oʻylanishlari shart emas.

 

▲ AI Auto Game Mode foydalanuvchilarga chalgʻimasdan diqqatni faqat oʻz oʻyiniga qaratish imkonini beradi.

 

AI Energy Mode AI televizor ekranining yorqinligini avtomatik sozlashdan oldin atrof-muhit yorugʻligini sensorlar yordamida tahlil qiladi va energiyani tejaydi. Bu orqali televizor protsessori ekrandagi harakatni aniqlashi va ekran yorqinligini oʻzgartirishi mumkin. Bu funksiya keskin barqarorlik sari qoʻyilgan qadamni ifodalaydi.

 

▲ AI Energy Mode ekran yorqinligini atrofdagi yorugʻlikka qarab avtomatik ravishda sozlaydi.

 

Shu bilan birga, Samsung Tizen OS AI televizorni koʻngilochar markazdan koʻprogʻiya qodir qiladi. Shaxsiy kurator boʻlgan operatsion tizim Samsung Knox yordamida tomoshabinlarning maxfiyligini himoya qilgan holda kontent tavsiyalarini ularning xohishlariga koʻra moslashtiradi.

 

▲ Samsung Tizen OS AI televizorni shaxsiy koʻngilochar markazga aylantiradi.

 

Eng zoʻr ssenariy: hayotni boyitadigan texnologiyalar fonda boʻladi. Ular mavjud, ammo mavjudligi sezilmasligi kerak. Samsung AI televizori audio va vizual tajribalar, shaxsiylashtirilgan tajribalar va mustahkamlangan barqarorlik imkoniyatlarini kengaytirish yoʻlida sunʼiy intellektni ishga tushirish orqali aynan shu maqsad sari rivojlanishda davom etmoqda.

Qurilmalar > TV va Audio

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga